
«Qizlarimiz ona bo’lishga tayyormi?» mavzusida o’quv seminaridan foto lavhalar
Qarshi filialida 21- oktyabr kuni VBKTTM hududlararo Samarqand qizlar salomatlik markazi bo’limi mudiri Tibbiyot Fanlari nomzodi Akusher-ginekolog, o’smirlar ginekologi Oybek Barnoqulov ishtirokida «Qizlarimiz ona bo’lishga tayyormi?» mavzusida o’quv seminari tashkil etildi. Seminarda Akusher-ginekolog O.Barnoqulov tinglovchilarga «Inson salomatligi va uzoq umr ko’rishi, Salomatlik profilaktikasi, Bepushtlik, Ginekologik kasalliklar, O’smir qizlar o’rtasida uchraydigan kasalliklar» to’grisida batavsil ma’lumotlar berdi. Tinglovchilar o’rtasida so’rovnoma ham o’tkazildi. Seminar yakunida bir qancha savollarga javoblar berib o’tildi.