Blog

“Hamshira-2026” tanlovi qanday shartlar asosda o‘tdi. (fotolar)

Tanlovning Qashqadaryo viloyat bosqichi haqiqiy bilim va mahorat sinoviga aylandi. Ishtirokchilar har bir bosqichda o‘z ustida ishlaganini amalda namoyish etdi.

📌 Shartlar davomida: Bemor bilan ishlash, to‘g‘ri muolaja va tezkor qaror qabul qilish sinovdan o‘tdi. OSKE tizimi orqali nazariy bilimlar chuqur tekshirildi. Tezkor savol-javoblarda esa ishtirokchilarning hozirjavobligi va tajribasi yaqqol ko‘rindi.

🔥 Bahslar nihoyatda qizg‘in va murosasiz kechdi. Har bir ishtirokchi g‘alaba uchun bor kuchini ishga soldi.

👏 Natijada esa eng bilimli, eng chaqqon va eng munosib hamshiralar saralab olindi.

Izoh: OSKE (Objective Structured Clinical Examination) — bu tibbiyotda qo‘llaniladigan obyektiv tuzilgan klinik imtihon bo‘lib, unda hamshira yoki shifokorning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari real vaziyatga yaqin sharoitda baholanadi.

Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati