
“Sog‘lom bola – sog‘lom jamiyat” mavzusi
Qatnashdilar : tinglovchilar guruxlaridan 97 kishi
Kun ttartibidagi masala yuzasidan M.To‘xtaeva so‘zga chiqib, quyidagilarni aytdi: Xurmatli yig‘ilish qatnashchilari. Barchaga ma’lumki, davlatimiz yanada mustaxkam bo‘lishi, jamiyatimiz sog‘lom bo‘lishi, kelgusida xalqimiz baxtli, farovon yashashi albatta bugungi kunda biz tarbiya qilayotgan farzandlarimizga bog‘liq. Har qaysi ota-ona o‘z bolasining sog‘lom va barkamol, aql-zakovatli, baxtli bo‘lishini istaydi. SHunday farzandni voyaga etkazish, uning hayotda munosib o‘rin egallashiga erishish – ota-onaning eng ulug‘, eng muqaddas orzusidir. Biz sog‘lom deganda, nafaqat jismoniy, balki ma’naviy jihatdan ham sog‘lom bolani tasavvur etamiz. Mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab yurtimizda sog‘lom ona – sog‘lom bola masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani, keng ko‘lamli umummilliy dasturlarimiz doirasida amalga oshirayotgan ulkan ishlarimiz jahon miqyosida ham tan olingani xammamizga ma’lum. Ayni vaqtda bugungi shiddatli zamon, hayotning o‘zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi-yangi, o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.
Sog‘lom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishi ko‘pgina talab va omillarga bog‘liq ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz. Birinchidan, sog‘lom bola – avvalo sog‘lom va ahil oilaning mevasidir. Biz oilani hayot davomiyligini ta’minlaydigan, kelajak nasllar taqdiriga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya maskani sifatida qabul qilamiz. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, odamiylik, mehr-oqibat, o‘z Vataniga, xalqiga sadoqatli bo‘lish kabi olijanob fazilatlar aynan oila muhitida shakllanadi. Tabiiyki, sog‘lom bolaning tug‘ilishi birinchi navbatda onaning sog‘lig‘iga bog‘liq. Bo‘lg‘usi ona ilohiy ne’mat bo‘lmish dilbandini to‘qqiz oy mobaynida o‘z bag‘rida asrab-avaylab, yorug‘ dunyoga keltiradi. Ana shu jarayonda ayol qanday kunlarni, qanday ruhiy holatni boshidan kechirsa, bu albatta ona vujudi orqali homilaga ta’sir o‘tkazadi. Ayolni qadrlash, og‘ir ishlardan xalos etish, turli kasalliklardan himoya qilish – erkak kishining, butun jamiyatimizning burchidir.
SHuningdek, mamlakatimizda bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarni nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi joriy etilgan bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom oila qurish, sog‘lom bolani dunyoga keltirish bilan bog‘liq. Ayni shu masalalar uchun, umuman, bolalarning sog‘lom, benuqson bo‘lib tug‘ilishi uchun tibbiyot xodimlarining mas’uliyatini oshirish lozim. Sog‘lom bolani voyaga etkazishda ta’lim-tarbiya va sportning o‘rni va ta’sirini yanada kuchaytirishimiz lozim. Farzandlarimizda, ayniqsa, qiz bolalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg‘otish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish juda foydali bo‘lar edi.
Xalqimizning “Bir bolaga etti mahalla ham ota, ham ona” degan maqolida albatta chuqur ma’no mujassam. Qiz bolalarni tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashiga yordam berish, erta nikohlarning, oilaviy nizolarning oldini olish, urf-odat va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazish kabi vazifalarni hal qilishda biz ko‘pni ko‘rgan, tajribali mahalla faollariga tayanamiz. Biz tayanchimiz va suyanchimiz, g‘ururimiz va iftixorimiz bo‘lmish bolalarimizga, farzandlarimizga ishonch bilan, hurmat-e’tibor bilan qarashni kelajagimizga bo‘lgan ishonch, millatimizga, xalqimizga bo‘lgan hurmat-ehtirom ifodasi deb bilamiz.