Title Image

Biz haqimizda

Home  /  Biz haqimizda

Hamshiralar malakasini
oshirish markazi

Onlayin o`quv kurslari

Veniam quis laore nostrud

Takomillashtirilgan darslar

Tibbiy yordam sifatini yaxshilash

Vaksinatsiya tadbirlari

Tibbiy prafilaktika-patranaj tizimi

Elektron darsliklardan foydalanish

Yangicha ish muhitini yaratish

Qon bosimi va yurak xastaliklari bo`yicha yangicha izlanishlar. Yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanib yurak xastaliklari tez va sifatli davo choralarini qo`llash.

Yangicha ish tartibi yangi mulohazalar va ularni tadbiqi. Ularni bemorlar sog`ligiga ta`siri xaqida mutaxasislar fikrlari.

Tez tibbiy yordam vaqtida yo`l qo`yiladigan xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari haqida hamshiralarga yanada ko`proq ma`lumotlar berish hamda ularni malakasini oshirish.

Yurak qon-tomir kasalliklari xaqida tibbiyot xodimlariga ko`proq ma`lumotlar berish va tajribalarini oshirish.

Dorilarning ijobiy va salbiy ta`sirlari haqida tibbiyyot xodimlari bilimlarini yanada yaxshilash. Dori vositalarini to`g`ri qo`llash usullarini o`rgatish.

Birinchi tez tibbiy yordam jarayonida zarur bo`ladigan dori-darmonlar haqida to`liq ma`lumot.

Qarshi o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish bilim  yurti O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 1989 yil 24 iyuldagi 627- sonli buyrug‘iga asosan Qarshi shaxrida 1990 yil tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2004 yil 20-oktyabrdagi 463-sonli buyrug‘iga binoan «O’rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish   Respublika markazi Qarshi filiali» ga aylantirildi. Keyinchalik Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevt xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish Markazi Qarshi xududiy bo‘linmasiga aylantirildi. 2020 yil 20 yanvardan filial Ustavi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilib Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish Markazi Qarshi filialiga aylantirildi.

 

Filial Qarshi shahar hokimining 2018 yil 24 maydagi  X-1225/5 sonli qarori bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Guvoxnoma X-573/7,  19.07. 2011 yil

 

Markazning Qarshi filiali Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan  2018 yil 28 dekabrda  akkreditatsiyadan o‘tdi.  Sertifikat MO № 7000004

Qarshi filialning yangi taxrirdagi  Ustavi 2020  yil 20 yanvarda Qarshi shaxar Davlat xizmatlari markazi tomonidan  ro‘yxatga olingan. Reestr raqami 233667.

 

Qarshi filiali O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-sonli «Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» gi Qarori, «Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» gi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2009 yil 23 dekabrdagi 380-sonli va 2009 yil 31 dekabrdagi 390 sonli, 2015 yil 24 avgustdagi 336 sonli buyruqlari talablariga asosan faoliyat yuritadi.

 

Filialda 22 ta o’quv xonalari mavjud bo’lib, zamonaviy jixozlangan, yotoqxona esa 29 o’rinli. Vrach — pedagoglar soni 172 nafar, shundan shtatdagilar 7 nafar.

 

                                    Texnik ta’minlanganlik holati:

 

  1. Kompьyuter sinfxonalari – 2 ta
  2. Kompьyuterlar soni – 53 ta
  3. Elektron doska —
  4. Mulьtimedia-2 ta
  5. Masofaviy o‘qitish, monoblok — 8 ta, infokiosk — 1 ta

Onlayn tarzda ishlovchi 30 ta kompyuterdan iborat yakuniy — sinov test xonasi mavjud.

Masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirish va dars jarayonida zamonaviy IKT vositalari : infokiosk 1 dona monobloklar 8 dona olingan

“Salomatlik — 3“ loyixasi tomonidan berilgan mulyaj, fantom, maniken kabi jixozlar o‘quv amaliyotiga tadbiq qilingan. Filialning veb sayti ishga tushurilgan : www.Qarshimedpk.uz

 

 

                                                Kutubxona

 

Filial kutubxonasi 1 qavatda joylashgan. Xona shinam va yorug‘. Kutubxona kompьyuter, printer shkaf, stend, stol va stullar bilan jihozlangan.

Kutubxonaning jami kitob fondi 5032  tani tashkil etadi. SHundan oxirgi yilda xarid kilingan kitoblar soni 45ta. Malaka oshirish va ixtisoslashtirishssikllari  bo‘yicha xavfsiz immunizatsiya, sterilizatsiya, anatomiya, massaj, fizioterapiyadan darsliklar etishmaydi Kutubxona o‘qish xonasidagi o‘rinlar soni 20 ta. O‘qish zalidan unumli foydalaniladi. O‘quv yilida kutubxonada tashkil qilingan obuna nashrlar  24 nomda.         

22
Health Sections
146
Different Services
388
Blood Donations
1280
Satisfied Patients