Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Qarshi filiali va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshiralari uchun 3 kunlik o‘quv seminarlari bo`lib o`tdi.
Seminarlar 16 ta tuman, shaharlarda tashkil qilindi va 320 nafardan ortiq maktabgacha ta’lim muassasalarining hamshiralari ishtirok etdilar. Unda bolalarning sog‘lig‘ini saqlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish va tibbiy xizmatlar sifatiga bo‘lgan talabni oshirish xamda tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri yuritish va qayd etish, bolalar sog`ligini monitoring qilishning muhimligiga urg‘u berildi.
Mazkur seminarlar ommaviy sanitariya tadbirlarini amalga oshirishda hamshiralar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, bilimlarni almashish va umumiy maqsadga erishish uchun muhim va samarali platformani yaratadi.






Qashqadaryo viloyati sog`liqni
saqlash boshqarmasi matbuot xizmati