
Navruz bayrami munosabati bilan…
Filial direktori o‘rinbosari M.To‘xtaeva so‘zga chiqib, milliy bayramimiz Navro‘z mustaqil bo‘lganimizdan buyon tantanali bayram qilib kelinayotganligi, bu baxt va baxor bayrami diyorimizda katta jo‘shqinlik va xursandchilik bilan kutib olinayotganligini aytib barchani tabriklab, yaxshi niyatlar bildirdi, jamoa a’zolari o‘z vazifalariga vijdonan yondoshib, yillik va choraklik o‘quv rejalari bajarib kelinayotganligi, xodimlarga rag‘batlantirishlar e’lon qilingani xaqida aytib, barcha xodimlar va tinglovchilar, oila a’zolari qariyalardan, ota-onalaridan xabar olib bayram bilan tabriklashlari lozimligi xaqida eslatib o‘tdi.
Kasaba uyushmasi raisi G.Mirzaeva, X.Xatamova, S.Djumaevalar xam so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabrikladilar, yaxshi niyatlar bildirdilar, insonlar o‘rtasida mehr-muhabbat kuchayishi, qarindosh-urug‘-qariyalardan xabar olinishi lozimligi haqida aytdilar.