
“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni, 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni, 2023 yil 27 noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200 sonli Farmoni talablari asosida yig‘ilish bo’ldi
Ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Tuxtaeva so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5729-sonli Farmoni bo‘yicha kelib chiqadigan vazifalar, bugungi kunda bu soxada olib borilayotgan ishlar, korrupsiya so‘zining mazmuni, poraxo‘rlikning salbiy tomonlari, oqibatlari xaqida tushuncha berdi. SHuningdek, 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmon asosida jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi tashkil etilganligi, Agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini ta’minlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanishi, agentlik o‘z faoliyatini qonuniylik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshirishi haqida, 2023 yil 27 noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200 sonli Farmoni talablari xakida tushuntirdi.