Title Image

Right Sidebar

Home  /  Blog  /  Right Sidebar

Ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.To‘xtaeva so‘zga chiqdi: Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari. Azal azaldan ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor katta ahamiyatga egadir. Ertaga 9 may kuni yurtimizda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etilishi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimizning e’zozlanishi bizning qadriyatlarimiz hisoblanadi. Keksalarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash an’anaga aylangan. Kirib kelayotgan 9 may – Xotira va qadrlash

Ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.To‘xtaeva so‘zga chiqib, kuyidagilarni aytdi: Sohibqiron Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Keshning (hozirgi SHahrisabz,) Xo‘ja Ilg‘or (YAkkabog‘ tuman) qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi Amir Muhammad Tarag‘ay bahodir jangchi, ilm ahliga ishtiyoqmand kishi bo‘lgan. Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmlarini o‘rgangan. Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun Jahongir, Amir Temurning - turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarni yaxshi o‘zlashtirganini ta’kidlaydi. Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan

Filial direktori o‘rinbosari M.To‘xtaeva so‘zga chiqib, milliy bayramimiz Navro‘z mustaqil bo‘lganimizdan buyon tantanali bayram qilib kelinayotganligi, bu baxt va baxor bayrami diyorimizda katta jo‘shqinlik va xursandchilik bilan kutib olinayotganligini aytib barchani tabriklab, yaxshi niyatlar bildirdi, jamoa a’zolari o‘z vazifalariga vijdonan yondoshib, yillik va choraklik o‘quv rejalari bajarib kelinayotganligi, xodimlarga rag‘batlantirishlar e’lon qilingani xaqida aytib, barcha xodimlar va tinglovchilar, oila a’zolari qariyalardan, ota-onalaridan xabar olib bayram bilan tabriklashlari lozimligi xaqida eslatib o‘tdi. Kasaba uyushmasi raisi G.Mirzaeva, X.Xatamova, S.Djumaevalar xam so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabrikladilar, yaxshi niyatlar bildirdilar, insonlar o‘rtasida mehr-muhabbat kuchayishi, qarindosh-urug‘-qariyalardan xabar olinishi lozimligi haqida aytdilar.

Kun tartibidagi masala yuzasidan filial direktori M.Rustamov so‘zga chiqib, jamoani, barcha xotin qizlarni bayram bilan tabrikladi va jamoa a’zolari xar yilgidek 2024 yilda va 2025 yil 1 choragida yaxshi ishlab kelganliklarini, rejalar bajarib kelinayotganligini, ish xajmi ancha ortganligini, qo‘shimcha mavzuiy malakalar, yo‘nalishlar tashkil qilinganligini, lekin jamoa a’zolari jonbozlik ko‘rsatib mehnat qilib kelayotganliklarini, ularning mehnatlarini e’tiborga olib bayramda mukofotlar ajratilganligini aytib, samimiy tilaklarini bildirdi. Direktor o‘rinbosari M.To‘xtaeva so‘zga chikib, xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab ularga uzoq umr, baxt saodat, sog‘lik, salomatlik, oilaviy tinchlik tiladi, filial xotin-qizlari o‘z vazifalariga vijdonan qarab, faol xizmat qilib, ularning mexnati tufayli barcha rejalar bajarilib kelinayotganligini, har yili 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni, 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni, 2023 yil 27 noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200 sonli Farmoni talablari asosida yig‘ilish bo'ldi Ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Tuxtaeva so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5729-sonli Farmoni bo‘yicha kelib chiqadigan vazifalar, bugungi kunda bu soxada olib borilayotgan ishlar,

Filial direktorining ma’naviyat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.To‘xtaeva quyidagilarni aytdi: Xurmatli tadbir ishtirokchilari! Ertaga 9 fevral buyuk shoir, mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning tavallud topgan kunlari, 14 fevral davlat raxbari, taniqli shoir Zaxiriddin Muxammad Boburning tavallud topgan kunlari. Ulug‘ bobolarimiz Alisher Navoiy va buyuk shoir, davlat raxbari- xukmdor sifatida Mirza Boburlarlarni butun dunyo taniydi. SHoirlar sultoni bo‘lgan Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Xirotda tugilgan, yoshligidan she’riyatga qiziqqan. Uning otasi xam o‘z zamonasining etuk, bilimdon kishilaridan bo‘lib, o‘z o‘g‘lining tarbiyasiga aloxida e’tibor bergan. A.Navoiy do‘sti Xusayn Boykaroning taklifi bilan oliy mansab Vazir lavozimida ishlagan, so‘ng Astrobod shaxrida hokimlik xam kilgan va juda kup

Qatnashdilar : tinglovchilar guruxlaridan 97 kishi Kun ttartibidagi masala yuzasidan M.To‘xtaeva so‘zga chiqib, quyidagilarni aytdi: Xurmatli yig‘ilish qatnashchilari. Barchaga ma’lumki, davlatimiz yanada mustaxkam bo‘lishi, jamiyatimiz sog‘lom bo‘lishi, kelgusida xalqimiz baxtli, farovon yashashi albatta bugungi kunda biz tarbiya qilayotgan farzandlarimizga bog‘liq. Har qaysi ota-ona o‘z bolasining sog‘lom va barkamol, aql-zakovatli, baxtli bo‘lishini istaydi. SHunday farzandni voyaga etkazish, uning hayotda munosib o‘rin egallashiga erishish – ota-onaning eng ulug‘, eng muqaddas orzusidir. Biz sog‘lom deganda, nafaqat jismoniy, balki ma’naviy jihatdan ham sog‘lom bolani tasavvur etamiz. Mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab yurtimizda sog‘lom ona – sog‘lom bola masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani, keng ko‘lamli umummilliy

Filialning ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.To‘xtaeva so‘zga chiqib, vatan himoyachilari kuni bayrami bilan barcha yig‘ilganlarni tabrikladi va quyidagilarni aytdi: Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari, Mustaqil yurtimizni, tinchligimizni, farovon xayotimizni asrash uchun tunu kun xizmat qiladigan qancha yigitlarimiz, erkaklarimiz, xatto xotin-qizlarimiz xam borki, ular barchamiz uchun aziz insonlarimiz, faxrimiz, o‘g‘il-qizlarimiz, aka-ukalarimizdir. O‘z yurtini sevadigan yigitlarimiz borligi uchun ham yurtimiz tinch va osmonimiz musaffodir, gullab yashnayotgan O‘zbekistonda baxtli xayot kechirmoqdamiz. Bugungi kunda qaysi bir davlatda urush, qaysi bir davlatda notinchlik, falokat. YAratganga shukurlar aytamizki, bizning yurtimiz tinch, xalk tinch va baxtli yashashi uchun davlat raxbari, Oliy majlis va Ijro xokimiyati tomonidan zarur qonun va

  Ассалому алайкум ! Яшариш ва янгиланиш айёми – Наврўзи олам яқинлашмоқда. Халқимиз ушбу қутлуғ байрамни ҳар йили ўзгача шукуҳ билан кутиб олади. Аллоҳга шукурки, юртимиз тинч, мамлакатимиз обод. Ана шундай обод юртда азалий айём – Наврўзни зўр қувонч ва хурсандчиликлар билан қарши оламиз. Барчани янгиланиш ва ёшариш айёми бўлмиш Наврўз умумхалқ байрами билан муборакбод этамиз. Юртимиз равнақи ва халқимизнинг фаровонлиги йўлида амалга ошираётган эзгу ишларингизда омад ёр бўлсин!                                                                     

Ассалому алайкум азиз аёллар! Муҳтарама онахонлар, қадрли опа-сингиллар ва жамоамиз хотин-қизлари! Барчангизни бугунги баҳор ва нафосат, гўзаллик байрами билан самимий табриклаймиз. Мунис онахонларимиз, ҳурматли опа-сингилларимиз, сулув қизларимиз иқболингиз баланд, умрингиз узоқ, ризқу насибангиз зиёда бўлсин! Оилангизга доим тинчлик, барқарорлик тилаймиз. Ҳамиша соғ-омон бўлинглар! ЛОЛАҚИЗҒАЛДОҚ Сен бўлдинг баҳорнинг жарчиси, Ҳақни деб кетганлар элчиси. Ол рангинг боболар қоними, Ё улуғ аждодлар шоними? Сирлисан, юзларинг беғубор, Ҳуснингга интиқмиз ҳар баҳор. Сен кулсанг, хурсандмиз, бахтиёр, Сенда бир гўзалнинг бахти бор.                                     М.Тўхтаева