Blog

«9 may – Xotira va qadrlash kuni»

Ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.To‘xtaeva so‘zga chiqdi:
Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari.
Azal azaldan ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor katta ahamiyatga egadir. Ertaga 9 may kuni yurtimizda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etilishi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimizning e’zozlanishi bizning qadriyatlarimiz hisoblanadi. Keksalarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash an’anaga aylangan. Kirib kelayotgan 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni, barchangizni tabriklaymiz. Ulug‘ vatan urushida mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir. Vatanimizni himoya qilishda jonini fido qilgan, bugungi erkin xayotimizni ta’minlab bergan qaxramonlarimizni ruhi oldida yana bir bor ta’zim qilamiz. Doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.
Kasaba uyushmasi raisi G.Mirzaeva, O‘IB direktor o‘rinbosari S.Djumaevalar xam bayram bilan barchani tabrikladilar. Mukofotlar topshirildi