
9 fevral — Buyuk shoir Alisher Navoiy va 14 fevral – taniqli davlat arbobi va shoir Zaxiriddin Muxammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan yig‘ilish
Filial direktorining ma’naviyat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.To‘xtaeva quyidagilarni aytdi: Xurmatli tadbir ishtirokchilari!
Ertaga 9 fevral buyuk shoir, mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning tavallud topgan kunlari, 14 fevral davlat raxbari, taniqli shoir Zaxiriddin Muxammad Boburning tavallud topgan kunlari. Ulug‘ bobolarimiz Alisher Navoiy va buyuk shoir, davlat raxbari- xukmdor sifatida Mirza Boburlarlarni butun dunyo taniydi. SHoirlar sultoni bo‘lgan Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Xirotda tugilgan, yoshligidan she’riyatga qiziqqan. Uning otasi xam o‘z zamonasining etuk, bilimdon kishilaridan bo‘lib, o‘z o‘g‘lining tarbiyasiga aloxida e’tibor bergan. A.Navoiy do‘sti Xusayn Boykaroning taklifi bilan oliy mansab Vazir lavozimida ishlagan, so‘ng Astrobod shaxrida hokimlik xam kilgan va juda kup obodonchilik ishlari, xalk turmushini yaxshilash bilan shugullangan. Undan bizga katta meros, ya’ni 30 dan ortik asarlar kolgan. Uning Xazoyin ul maoniy devoni, 5 dostondan iborat Xamsa dostoni va bir kancha asarlari butun dunyo adabiyotshunoslari tomonidan tadqiq etilgan, urganilgan. Hazrat Navoiy o‘zini “Xitoydan to Xuroson”gacha yoyilgan turkiy qavmlarning shoiri deb bildi, ularni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirdi, yakqalam qildi. Barcha turkiy xalqlarning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U o‘z qalami bilan g‘azal mavzularini shu darajada kengaytirib yubordiki, g‘azalning badiiy qudratini yuksak cho‘qqilarga ko‘tarib, ungacha va undan keyin ham biror shoir turkiy tilda bu cho‘qqini zabt etolmadi. Adolat yuzasidan aytadigan bo‘lsak, XV asrdan beri turkiy tildagi g‘azallarning oliy namunasi Navoiy bo‘lib kelmoqda. Alisher Navoiy o‘z g‘azallarida benihoya kamolot, yorning ko‘zni qamashtiradigan cheksiz husn-jamolini kuylab, o‘z mahliyoligini izhor etib, ilohiy yoki haqiqiy muhabbat kuychisi sifatida tanildi. Tasavvuf yo‘nalishidagi bunday she’riyat inson va boshqa borliq mavjudotlariga mehr ko‘zi bilan qarashga undab, o‘z kitobxonlarida buyuk insonparvarlik ruhini uyg‘otadi. U 1501 yilda Xirotda vafot etgan.
SHoir Zaxiriddin Muxammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijon shaxrida tug’ilib, mumtoz adabiyotning yirik vakili, tarixchi olim, xukmdor sifatida tanilgan. U Boburiylar davlatining asoschisi bulgan. U Afg‘oniston va Xindiston erlariga borib, u erdagi tarkok axolini birlashtirib, yirik saltanat yaratib, xalk axvolini, mamalakat iktisodini rivojlantirib, she’riy ijodini xam rivojlantiradi. 1530 yilda Xindistonda vafot etadi. Ularning nomlari, she’rlarini xalqimiz doimo eslaydi.
M.Tuxtaeva o‘z she’rlaridan, A.Navoiy, M.Bobur she’rlaridan o‘qib berdi. Tinglovchilar ham A.Navoiy va M.Bobur she’rlaridan aytdilar.