
8 mart- Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan yig‘ilish
Kun tartibidagi masala yuzasidan filial direktori M.Rustamov so‘zga chiqib, jamoani, barcha xotin qizlarni bayram bilan tabrikladi va jamoa a’zolari xar yilgidek 2024 yilda va 2025 yil 1 choragida yaxshi ishlab kelganliklarini, rejalar bajarib kelinayotganligini, ish xajmi ancha ortganligini, qo‘shimcha mavzuiy malakalar, yo‘nalishlar tashkil qilinganligini, lekin jamoa a’zolari jonbozlik ko‘rsatib mehnat qilib kelayotganliklarini, ularning mehnatlarini e’tiborga olib bayramda mukofotlar ajratilganligini aytib, samimiy tilaklarini bildirdi.
Direktor o‘rinbosari M.To‘xtaeva so‘zga chikib, xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab ularga uzoq umr, baxt saodat, sog‘lik, salomatlik, oilaviy tinchlik tiladi, filial xotin-qizlari o‘z vazifalariga vijdonan qarab, faol xizmat qilib, ularning mexnati tufayli barcha rejalar bajarilib kelinayotganligini, har yili 5 mingdan ziyod tinglovchilar malakalarini oshirib ketayotganliklarini, ish xajmi ancha kengaysada, jamoa a’zolari vazifalarini bajarib kelayotganliklarini aytdi.
Kasaba uyushmasi raisi G.Mirzaeva barcha xotin-qizlar, ularning mexnatini inobatga olib, pul mukofoti bilan xam taqdirlanayotganliklarini bildirdi.
Filial xotin kizlarini mukofotlash e’lon qilindi. Xotin qizlar xam o‘z navbatida tabrik va sovgalar uchun erkaklarga minnatdorchilik bildirdi. Xotin-qizlarga atab she’rlar aytildi.