
14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayramiga bag‘ishlangan yig‘ilish
Filialning ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.To‘xtaeva so‘zga chiqib, vatan himoyachilari kuni bayrami bilan barcha yig‘ilganlarni tabrikladi va quyidagilarni aytdi:
Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari, Mustaqil yurtimizni, tinchligimizni, farovon xayotimizni asrash uchun tunu kun xizmat qiladigan qancha yigitlarimiz, erkaklarimiz, xatto xotin-qizlarimiz xam borki, ular barchamiz uchun aziz insonlarimiz, faxrimiz, o‘g‘il-qizlarimiz, aka-ukalarimizdir. O‘z yurtini sevadigan yigitlarimiz borligi uchun ham yurtimiz tinch va osmonimiz musaffodir, gullab yashnayotgan O‘zbekistonda baxtli xayot kechirmoqdamiz. Bugungi kunda qaysi bir davlatda urush, qaysi bir davlatda notinchlik, falokat. YAratganga shukurlar aytamizki, bizning yurtimiz tinch, xalk tinch va baxtli yashashi uchun davlat raxbari, Oliy majlis va Ijro xokimiyati tomonidan zarur qonun va qarorlar qabul qilinib, ijroga qaratilmoqda. Xar bir inson, xar bir oila yaxshi yashashi uchun tegishli choralar ko‘rilmoqda, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, yoshlarga qancha – qancha imkoniyat va yordam berilmoqda. Davlatimiz, xalqimiz gullab-yashnayversin, barchangizga bayram muborak bo‘lsin, dunyo tinch bo‘lsin. Bayram tabriklari va she’rlar o‘qildi.
Tinglovchilardan xam so‘zga chiqib yig‘ilganlarni tabrikladilar, she’rlar aytdilar, yaxshi tilaklar bildirdilar. Kasaba uyushmasi qumitasi raisi G.Mirzaeva xam barchani bayram bilan tabrikladi. Erkaklarga bayram sovg‘alari topshirildi, yig‘ilish yakunlandi.