Askaridalar — toʻgarak chuvalchanglar oilasiga kiruvchi parazitlar hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar va odamlar ichagida parazitlik qiladi.

Odam askaridasi erkagining uzunligi 15-25 sm, urgʻochisi 25-40 sm. Ular juda ham serpusht hisoblanib, bir sutkada ichakka 200 mingdan ortiq tuxum qoʻyadi. Askaridalar askaridoz deb ataladigan xavfli kasallikni paydo qiladi.
Askaridoz kasalligi- ifloslangan sabzavotlar, qaynatilmagan suv, kir qoʻllar orqali yuqadigan kasallik hisoblanadi.

Kasallikning belgilari:

1- migratsion bosqichi:
— 5-7 kun davom etib, belgilarsiz oʻtadi;
— yuqqanidan 2-3 kundan soʻng quvvatsizlik;
— baʼzan isitma;
— terida toshma;
— yoʻtal;
— harorat koʻtarilishi;
— qoʻl va oyoq barmoqlarida mayda pufakchalar toshadi;
— limfatik tugunlar, jigar,taloq kattalashadi.

2- ichak bosqichi:
— oshqozon-ichak va nerv sistemalarining faoliyati buziladi;
— tez-tez koʻngli ayniydi;
— bolalar uyqusida tishini gʻijirlatadi;
— qorni ogʻriydi;
— ishtahasi buziladi;
— injiq va tajang boʻlib qoladi;
— ichning kelishi baʼzan suyuq, baʼzan esa qabziyat boʻladi;
— uyqusi buzilib ish qobiliyati pasayadi.

Kasallikni davolash:
1- migratsion bosqichida: mintezol- har kuni 50 mg/kg dan 5-7 kun davomida, kunlik doza boʻlib ichiriladi. Vermoks- bir kunda 2 mahal 100 mg dan 3-4 kun beriladi.

2- ichak bosqichida: levomizol- kattalarga 150 mg dan bir marta, kechki ovqatdan keyin beriladi. Dekaris bolalarga 2,5 mg/kg hisobidan beriladi. Homilador ayollarga berish mumkin emas. Kombantrin- 10 mg/kg hisobidan bir marta ovqatlanish vaqtida beriladi.

Kasallikning oldini olish:
— ifloslangan sabzavot va mevalarni yuvib isteʼmol qilish;
— qaynatilmagan suvlarni isteʼmol qilmaslik;
— ozodalik va sarishtalikka amal qilish.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *