Shu kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.
O‘tgan yil oktyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan Rossiya – O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida har ikki oliygoh – Andijon davlat tibbiyot instituti va Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida Xalqaro hamkorlik kelishuvi imzolangan edi.

Ushbu hamkorlik doirasida joriy yil 25 yanvarь kuni Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov hamda Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti rektori Suleyman Mammaev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institutlar qoshida ikkita qo‘shma fakulьtet ochish bo‘yicha Kelishuv imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, qo‘shma fakulьtetlarga qabul 2019-2020 o‘quv yilidan Stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha, 2020-2021 o‘quv yildan boshlab esa Davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalardan – telemeditsina, masofaviy, elektron va simulyasion ta’limlar kiritilishi ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga qabul komissiyasi va bitiruvchilar yakuniy attestatsiyasi komissiyasi tuzilishi va hamkorlikda xalqaro standartlar asosida qo‘shma o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari ham yaratilishi belgilangan.

Qo‘shma fakulьtet talabalari o‘qishni tamomlagach ikki tomonlama, Rossiya va O‘zbekiston na’munasidagi diplomlarga ega bo‘ladilar. Bu Andijon davlat tibbiyot institutining yagona xalqaro ta’lim muhitiga jadallik bilan kirib borayotganidan dalolat.

Uchrashuvda ADTI rektori M.Madazimov so‘zga chiqib, hamkorlik haqidagi mazkur kelishuv kelgusida o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikka asos bo‘lishi, har ikki oliygoh professor-o‘qituvchi va talabalari tajriba almashuvi, malaka oshirishi hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar o‘tkazishga zamin bo‘lishi qayd etildi.

One thought on “DOG‘ISTON DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI BILAN ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI O‘RTASIDA IKKITA QO‘SHMA FAKULTET OCHILADI”

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *